Goal24.uz » O'zbekiston » Rasman: Osiyo chempionati-U19 o‘yinlari Namanganda ham o‘tkaziladi

Rasman: Osiyo chempionati-U19 o‘yinlari Namanganda ham o‘tkaziladi

Автор: admin

14 oktyabr kuni Toshkentda boshlanadigan Osiyo chempionati-U19 bahslarining taqvimi aniq bo‘ldi. Unda ko‘rsatilishicha, musobaqa o‘yinlari Namangandagi «Markaziy» stadionida ham o‘tkaziladi.
Musobaqaning «S» guruhidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Vetnam va Laos jamoalari guruhdagi o‘yinlarini Namanganda o‘tkazishadi. Guruhdagi 3-tur o‘yinlari bir vaqta o‘tkazilishi inobatga olinsa, Namangan Osiyo chempionatining 5ta o‘yiniga mezbonlik qiladi.
O‘yinlar shuningdek, Toshkentdagi «Bunyodkor», «Lokomotiv» va Olmaliqdagi OKMK stadionlarida o‘tkaziladi. Ochilish va final bahslari «Bunyodkor» stadionida bo‘ladi.


140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *