Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real»ning «Valensiya»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

«Real»ning «Valensiya»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qiladi.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bugungi uchrashuv uchun qaydnomaga 23 nafar futbolchini kiritdi. Jarohati bor Lukas Vaskes, Luka Yovich, Mariano Dias va Nachodan tashqari barcha o‘yinchilar ro‘yxatda kiritildi. Hattoki, "Eybar"ga qarshi uchrashuvda yengil jarohat olgan Karvaxal, Ramos, Beyl "Valensiya"ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor.

«Real»ning «Valensiya»ga qarshi kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areola, Diyego Altube

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi, Xavi Ernandes

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges, Isko

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Marko Asensio, Braim Dias, Vinisius Junior, Rodrigo
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Valensiya" uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *