Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Rossiyalik sobiq futbolchi: «Shomurodov «Zenit»ga o‘tsa, Dzyuba soyasida qolib ketishi mumkin»

Rossiyalik sobiq futbolchi: «Shomurodov «Zenit»ga o‘tsa, Dzyuba soyasida qolib ketishi mumkin»

Автор: admin

Sardor Ozmunning «Zenit»ni tark etishi haqidagi xabarlar ortidan eronlik hujumchining o‘rniga Eldor Shomurodov taklif etilishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgandi. «Zenit» sobiq futbolchisi Aleksey Strepetovning «Peterburgskiy dnevnik» nashriga aytishicha, O‘zbekiston milliy jamoasining 24 yoshli hujumchisi Piter klubiga o‘tsa, Dzyuba soyasida qolib ketishi mumkin.
«Shomurodov ushbu mavsumda gollar urmoqda, to‘purarlik uchun kurashmoqda. Ammo uning o‘yin uslubi Artyom Dzyubanikiga juda o‘xshash. Eldor – bo‘ydor, kuchli, bosh bilan yaxshi o‘ynaydi, yakkakurashlarda kurashuvchan. Biroq uning tezligi havas qilarli deb bo‘lmaydi, o‘yini ham ko‘proq jamoadoshlariga bog‘liq. Ozmun «Zenit»ni tark etgan taqdirda klubga tezkor va texnikasi yuqori hujumchi kerak. Aleksandr Kokorin yana qaytarilsa yaxshi bo‘lardi. Dzyuba ham «Zenit»da qolib, Shomurodov ham chaqirilsa Eldor uning soyasida qolib ketishi mumkin. Shomurodov «Rostov»da yaxshi o‘ynamoqda, «Zenit»da esa o‘sishiga kafolat yo‘q. Har holda jamoamizga kelib asosiy tarkibdan joy ololmay, yo‘qolib qolgan ko‘p futbolchilarni ko‘rdik», – deya fikr bildirgan Aleksey Strepetov.
Ma’lumot uchun, oldinroq Eldor Shomurodovga Germaniyaning «Shalke», Fransiyaning «Lion» va «Bordo» klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.


128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *