Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Tottenxem» - «MYU». Keyn o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi

«Tottenxem» - «MYU». Keyn o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi

Автор: admin

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyoning aytishicha, "shporlar" hujumchisi Xarri Keyn «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda asosiy tarkibda tushishga tayyor.

«Keyn yaxshi shug‘ullandi. Ertaga asosiy tarkibda maydonga tushishga xalal beradigan muammo yo‘q. Uchrashuvda qancha harakat qilishini bilmayman. Bunga o‘yinning o‘zida javob topamiz.

U ajoyib formadami yoki yo‘qmi, bu haqda bir narsa deya olmayman. Xarri 6 oydan beri maydonga tushmagan. Ammo ajoyib professional va ertaga boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kerak», — dedi portugaliyalik mutaxassis "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» - «MYU» bahsi 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00da boshlanadi.
Manba: sport24.ru

140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *