Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Inter» Martines uchun «Barselona» oldiga navbatdagi talabni qo‘ydi

«Inter» Martines uchun «Barselona» oldiga navbatdagi talabni qo‘ydi

Автор: admin

«Barselona» klubi «Inter» bilan hujumchi Lautaro Martinesning transferi borasida kelishuvga erisha olmayapti.

"Salciomercato" tarqatgan xabarga ko‘ra, "neradzurri" argentinalik futbolchini 111 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Shuning uchun milanliklar "ko‘k-anorranglilar"dan 85 million yevro va himoyachi Junior Firponi talab qilishmoqda.

«Barselona» esa Firpo va 65 million yevro taklif qilmoqda. Kataloniyaliklar bundan ortig‘ini to‘lashga tayyor emas.

Klublar o‘rtasidagi muzokaralarning cho‘zilib ketgani Lautaro va uning yaqinlariga yoqmayapti. Futbolchi "Barsa"ga o‘tish niyati borligini ma’lum qilgan, ammo "Inter" uning o‘tishiga haddan tashqari ko‘p to‘sqinlik qilmoqda.
Manba: sport24.ru

129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *