Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. «Real» «Valensiya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Benzemadan dubl

La Liga. «Real» «Valensiya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Benzemadan dubl

Автор: admin

Ispaniya chempionati 29-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Real» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Karim Benzema (2ta) va Marko Asensioning gollari madridliklarga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa «Real» ochkolarini 62taga yetkazib, «Barselona»ni (64 ochko) quvishda davom etmoqda. «Valensiya» esa 43 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.
La Liga, 29-tur
Real – Valensiya 3:0
18 iyun, «Estadio Alfredo Di Stefano»
Gollar: Benzema (61, 86), Asensio (74).
Real: Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde (Asensio, 74), Azar (Vinisius, 82), Benzema. 
Valensiya: Sillessen, Gayya, Mangalya, Gilyamon, Vass, Soler (Cherishev, 69), Kondogbia, Parexo (Koklen, 69), Ferran Torres (Gedesh, 59), Rodrigo (Li Kan In, 76), Maksi Gomes (Gameyro, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (24), Gilyamon (84).
Chetlatish: Li Kan In (89).


154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *