Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp “Liverpul”ga chempion futbolchini olib keladi

Klopp “Liverpul”ga chempion futbolchini olib keladi

Автор: admin

“Bavariya” tarkibida Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan universal futbolchi David Alabani “Liverpul”da kutishmoqda.
O‘n yildan buyon Myunxenda o‘ynayotgan himoyachining shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Alabaning o‘zi ham boshqa chempionatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishga qarshi emas.
“Bavariya”Alabani 50 million evro evaziga transfer qilishi mumkinligi haqidagi xabar grand klublarni bee’tibor qoldirmadi. Ayni paytda “Liverpul”dan tashqari “Manchester Siti”, “Barselona”, “Real”, PSJ va “Manchester Yunayted” himoyachini qo‘lga kiritish uchun hisob-kitob ishlarini boshlab yubordi. Bu jamoalarning barchasi Davidning universal futbolchi ekani va bir necha pozitsiyada o‘ynay olishiga qiziqmoqda.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *