Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona”ning ikki o‘yinchisi “Sevilya”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi

“Barselona”ning ikki o‘yinchisi “Sevilya”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi

Автор: admin

“Barselona” himoyachisi Serxio Roberto va yarim himoyachi Frenki de Yong Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda katalon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 18-iyun sanasida Roberto va de Yong yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazgan. Robertoda qovurg‘a bilan bog‘liq muammolar aniqlangan bo‘lsa, de Yongning o‘ng oyog‘ida biroz shikastlanish mavjud.
Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Sevilya” — “Barselona” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 19-iyundan 20-iyunga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda de Yong klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, Roberto 31 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 1 ta gol va 2 ta assist yozdirib qo‘ygan.
“Barselona” La Liganing 29-turida “Leganes”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
“Barselona”ning “Sevilya”ga qarshi bahs uchun qaydnomasi:
111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *