Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Yuventus"ning 2 nafar futbolchisi safdan chiqdi

"Yuventus"ning 2 nafar futbolchisi safdan chiqdi

Автор: admin

“Yuventus” klubi himoyachisi Aleks Sandro va yarim himoyachisi Sami Xedira jarohat oldi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi “Napoli”ga (0:0, 2:4 pen.) qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya kubogi finalida tizzasidan jarohat olgan. U taxminan 3 hafta maydonga tushmasligi mumkin.
Germaniyalik futbolchi esa mashg‘ulotlar paytida safdan chiqqan. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Himoyachi Jorjo Kellini va hujumchi Gonsalo Iguain esa hali ham yakka tartibda shug‘ullanmoqda.


110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *