Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Bugun “Rostov” Shomurodovsiz o‘ynaydi

Bugun “Rostov” Shomurodovsiz o‘ynaydi

Автор: admin

Rossiya premer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan “Sochi” va “Rostov” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkaziladigan bo‘ldi.
“Rostov” futbolchilarining olti nafarida koronavirus aniqlangani bois asosiy tarkib o‘yinchilarining hammasi ikki haftalik karantinga olingan edi. “Rostov” bugun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvni ko‘chirishni so‘ragan bo‘lsa-da, “Sochi” bu taklifni qabul qilmadi.
Shu tariqa, “Rostov” oldida texnik mag‘lubiyat yoki yosh futbolchilarni o‘yinga jo‘natish varianti qoldi xolos. Rostovliklar ikkinchi variantni tanladi.
- Oradan 95 kun o‘tib, futbol qaytmoqda. “Sochi” va “Rostov” o‘yinni o‘tkazishga kelishib olishdi. Uchrashuv bo‘ladi, - deb bayonot berdi “Sochi” rasmiy sayti.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *