Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Peter Shmeyxel: «Pogba «MYU»da qolishiga ishonchim komil»

Peter Shmeyxel: «Pogba «MYU»da qolishiga ishonchim komil»

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxel Pol Pogbaning mavsum yakunida jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
«Pogbaning klubda qolishiga ishonchim komil. Vaziyatdan xabardor bo‘lgan ishonchli manbalarimdan so‘radim, Pol klubda aniq qoladi. Pogbaning matbuotda qanday tasvirlanayotgani bilan klubdagi haqiqiy holat o‘rtasida farq juda katta. U jarohatdan keyin tezroq tiklanish uchun tinmay mehnat qilgan. Pogbada ham uning darajasidagi istalgan yulduz futbolchilardek g‘ururi bor. Pol klubdan ketmoqchi emas, u o‘zini faqat «Manchester Yunayted» libosida ko‘rmoqda», - deya Shmeyxelning so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.
Ma’lumot uchun, oldinroq «Real», «Yuventus» va «PSJ» klublari yozgi transfer oynasida Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olish borasida taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *