Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Qo‘qon-1912» «Qizilqum»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. «Qo‘qon-1912» «Qizilqum»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Автор: admin

Superliga 5-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘z uyida «Qizilqum» klubini mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisob 62-daqiqada Otabek Haydarov tomonidan kiritildi. Murod Xolmuhammedov tomonidan jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni Haydarov mehmonlar darvozasiga kiritib qo‘ydi – 1:0.
Uchrashuvning so‘nggi 5 daqiqasida esa mezbonlar ketma-ket 3ta gol urib hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishdi. 87-daqiqada Xolmuhammedov penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, 89-daqiqada yana bir himoyachi Merzlyakov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Sindarov o‘yindagi 4-golni Navoiy jamoasi darvozasiga yo‘lladi – 4:0.
Ushbu g‘alabadan keyin «Qo‘qon-1912»ning ochkolari soni 9taga yetib, Baxtiyor Ashurmatov jamoasi hozircha 2-o‘ringa chiqib oldi. «Qizilqum» esa 5 o‘yindan keyin 1 ochko bilan 13-o‘rinda qolmoqda.
19 iyun (juma)
Superliga. 5-tur
«Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» 4:0

Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Xusan Nabiyev, Akmal Rahimov
Gollar: Otabek Haydarov (62), Murod Holmuhammedov (87-pen), Aleksandr Merzlyakov (89), Sobit Sindarov (90+2)
«Qo‘qon-1912»: 1.Botirali Ergashev, 3.Bobur Akbarov, 9.Suhrob Berdiyev, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Otabek Haydarov, 13.Sardor Azimov (4.Sobit Sindorov, 46), 15.Oybek Rustamov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filipp Rayevats (19.Hamidullo Abduhamidov, 46), 70.Murod Xolmuhammedov.
«Qizilqum»: 22.Artyom Makosin, 8.Ruslan Margiyev, 10.Alisher Sanoyev, 11.Qadamboy Nurmetov (5.Abdi Bashimov, 65), 14.Fayzullo Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 23.Sherali Jo‘rayev, 25.Aziz Usmonov, 29.Navaseb Makkartni, 75.Oleg Tolmasov, 94.Doniyor Usmonov (99.Doston Ibragimov, 65).


153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *