Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Sane «Manchester Siti»ni tark etishga qaror qildi

Sane «Manchester Siti»ni tark etishga qaror qildi

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarimhimoyachi Leroy Sane klub bilan yangi shartnoma imzolashni istamayotganini aytdi.
«Leroy shartnomani uzaytirishni istamasligini aytdi. U ketmoqchi. U bilan yozda yoki shartnomasi muddati tugaydigan kelasi yili xayrlashishimiz mumkin. Biz unga 2-3 marta yangi shartnoma taklif qildik, ammo u boshqa klubda to‘p tepishni istayapti.
Agar mavsum yakunida u ketmoqchi bo‘layotgan klub bilan kelishuvga erisholmasak, Sane yana 1 yil safimizda qoladi», — deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Avvalroq «Bavariya» klubi Sane uchun 40 mln yevro taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *