Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Paxtakor» «Bunyodkor»ni o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni tan olishga majbur qildi

Superliga. «Paxtakor» «Bunyodkor»ni o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni tan olishga majbur qildi

Автор: admin

Superliga 5-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda Shota Arveladze boshchiligidagi «Paxtakor» jamoasi Vadim Abramov qo‘l ostidagi «Bunyodkor» klubini ayab o‘tirmadi.
«Toshkent derbisi»da hisob 1-daqiqadayoq ochildi. Sardor Sobirxo‘jayev Cheranning uzatmasini ilk daqiqadayoq golga aylantirdi – 1:0.
Uchrashuvning 40 va 42-daqiqasida esa Cheran katta sahnaga chiqdi. Dragan dubli evaziga hisobni yiriklashtirdi – 3:0.
45-daqiqada esa Derdiyo‘q o‘z goli bilan farqni to‘rttagacha oshirdi – 4:0.
62-daqiqada esa Jaloliddin Masharipovning chiroyli uzatmasi Lutfulla To‘rayevga tegib, «Bunyodkor» jamoasi darvozasiga beshinchi marotiba borib tushdi – 5:0.
Ushbu mag‘lubiyat «Bunyodkor» klubining milliy chempionatimiz tarixidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga aylandi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Paxtakor» 12 ochko bilan hozircha yana 1-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Bunyodkor» 9 ochko bilan 4-o‘rinda qolmoqda.
19 iyun (juma)
Superliga. 5-tur
«Paxtakor» – «Bunyodkor» 5:0

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Rahim Karimov
Gollar: Sardor Sobirxo‘jayev 1, Dragan Cheran 40, 42, Eren Derdiyo‘q 45, Luftulla To‘rayev avt. 63.
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Alisher Salimov, 63), Sherzod A’zamov, Yegor Krimets (Anzur Ismoilov, 63), Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Iminov, 81), Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirjonov, 81), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Eren Derdiyo‘q (Igor Sergeyev, 64).
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov (Muhammadodil Qahramonov, 76), Dilshod Ahmadaliyev (Abdulla Abdullayev, 41), Jasur Jaloliddinov (Shahboz Erkinov, 76), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev (Suhrob Izzatov, 76), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Selim Nurmurodov (Farrux Ikromov, 31), Humoyun Murtozayev.


219   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari