Goal24.uz » O'zbekiston » Vadim Abramov 5:0 hisobli mag‘lubiyatdan keyin: «Futbolda ba’zida shunday bo‘lib turadi»

Vadim Abramov 5:0 hisobli mag‘lubiyatdan keyin: «Futbolda ba’zida shunday bo‘lib turadi»

Автор: admin

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Bunyodkor» (5:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.
«Nima ham derdim, «Paxtakor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Fikrimcha, hisob o‘yinga mos emas. Afsuski, futbolda ba’zida shunday bo‘lib turadi. Aytishim mumkin, bugun «Paxtakor»ning darvozamiz tomon yo‘llagan barcha zarbasi golga aylandi. Birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, o‘yinni borishini o‘zimiz tomonga o‘zgartira olgandik, biroq gol ura olmadik. Aksincha, 40-daqiqadan keyin nimalardir bo‘ldi va hisob yiriklashib ketdi. 
Raqib darvozasi oldida yuzaga keltirayotgan vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Bizda aksi bo‘lyapti. Yosh bolalardek xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz. Ikki hujumchimiz darvozaga yaqinlashsa-yu, vaziyatni ijobiy yakunlash o‘rniga to‘pni oyoqqa moslashtira olmasak? Nazarimda bu mahorat bilan bog‘liq. «Paxtakor»da esa, «klassi» yuqori darajadagi o‘yinchilar ko‘p», - deya «Bunyodkor» ustozining so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, ushbu muvaffaqiyatsizlik «Bunyodkor» klubi tarixidagi eng yirik hisobli mag‘lubiyat sifatida tarixda qoldi.


117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *