Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Atletiko” 150 milliondan voz kechdi
 
Taniqli Goal.com bergan ma’lumotlarga qaraganda, Madridning “Atletiko” jamoasi Joa Feliks borasida “yog‘li” taklifni rad etdi.
Manbada yozilishicha, klub APL jamoalaridan biriga o‘z futbolchisi uchun taklif qilingan 150 million yevrodan bosh tortdi va portugaliyalikni jamoada saqlab qoldi.
Nomi ma’lum qilinmagan klub Feliksning omadsiz mavsum o‘tkazganiga qaramay, katta summa evaziga sotib olmoqchi edi, biroq Madrid klubi 20 yoshli forovrdni sotishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yozida “matraschilar” “Benfika” klubiga Joa uchun 126 million yevro tavol puli to‘lagan edi.
“Siti” tavakkal qilmoqda

 
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi yozda o‘z hujumchisi Gabriyel Jezuzni qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, 23 yoshli hujumchi bilan Milanning “Inter” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Milan klubi agar yozda Lautaro Kataloniyaga ko‘chib o‘tsa, Jezuzni aniq sotib oladi.
Manbada yozishilicha, “Siti” braziliyalik futbolchi uchun 65 million yevro talab qilmoqda. Shuningdek, Jezuz bilan Turinning “Yuventus” klubi ham jiddiy qiziqib qolgan.
Silva klubsiz qoladi?!
 
Parijning PSJ klubi markazi himoyachisi Tiago Silva moliyaviy talablari sababi klubsiz qolib ketishi mumkin.
Taniqli nashrlarining ma’lum qilishicha, Silvaning agentlari “Fiorentina” va “Everton” bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq futbolchining maoshi borasida kelishuvga erisha olmayapti.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, braziliyalik himoyachi yiliga 10 million yevro maosh talab qilmoqda. Afsuski, birorta klub unga yiliga 5,5 million maoshdan ko‘proq bermoqchi emas.
Fernandino qaytadi

Angiliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Fernandino kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
“GazetaDePovo”ning ma’lum qilishicha, universal futbolchi “Siti” bilan o‘rtadagi shartnomasi (2021-yilga qadar) yakunlangach, o‘z yurtiga qaytib ketishga qaror qilgan. Vaholanki, klub o‘z futbolchisini yana bir mavsumga jamoada olib qolishni reja qilayotgan edi.
Manbada yozilishicha, Fernandinyo allaqachon Braziliyaning bir nechta grand klublari bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Under asosiy nishonda
 
Rimning “Roma” jamoasi hujumchisi Jengiz Under tez orada APL grandlaridan biri safini to‘ldiradigan ko‘rinadi.
“CorrieraDellaSport”ning ma’lum qilishicha, turkiyalik hujumchi uchun asosiy da’vogar “Manchester Yunayted” bo‘lib turibdi. “Qizil iblislar” Jeydon Sancho uchun 115 million yevro sarf etishni istamayapti.
Manbaning ma’lum qilishicha, APL klublari “Roma” futbolchisi uchun 27 million funt sterling taklif qilishmoqda. Hozircha, transferning boshqa tavsilotlari ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Under bu mavsumda “A Seriya”ning 15 ta o‘yinida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozib qo‘ydi.

192   
Добавить комментарий
Ваше имя: *