Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourinyo MYUga qarshi o‘yindagi penalti haqida: «So‘z topish qiyin»

Mourinyo MYUga qarshi o‘yindagi penalti haqida: «So‘z topish qiyin»

Автор: admin

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLning 30-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan (1:1) o‘yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. 
"So‘z topish qiyin. O‘ylashimcha, bu g‘alati penalti. Mening jamoam tartibli o‘yin ko‘rsatdi. Futbolchilar ajoyib ishni bajardilar. 
Ularda ikkita vaziyat bo‘ldi, uni ham Lyoris qaytardi. Boshqa hech narsa. Biz 70 daqqa o‘yinni nazorat qildik. So‘nggi daqiqalarda Alli va Mourani ko‘rishni xohlardim, sababi bizga shunday futbolchilar kerak. 
Agar ularning va bizning zaxira o‘rindig‘imizga qarasangiz, hujumkor o‘yin qurish imkoniyati kimda ko‘proq ekanligini tushunasiz", -deydi murabbiy. 

125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *