Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten «Barsa»ning durangidan keyin: «Real»ga «Sosedad»ni safarda mag‘lub etish oson bo‘lmaydi»

Seten «Barsa»ning durangidan keyin: «Real»ga «Sosedad»ni safarda mag‘lub etish oson bo‘lmaydi»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten «Sevilya»ga (0:0) qarshi o‘yindan keyin uchrashuv haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Dastlabki 30 daqiqadagi o‘yinimiz sermahsullikni va’da qilayotgandek edi. Chunki biz raqibga imkoniyat bermay, safarda ajoyib o‘ynayotgandik. Biroq suv ichish uchun berilgan tanaffusdan keyin o‘yin darajamiz tushib ketdi, biz dastlabki daqiqalardagi shiddatni yo‘qotdik. 
Ikkinchi bo‘limda ham juda ko‘p marta to‘pni yo‘qotdik. Harakatlarimiz samarasiz chiqdi. Natijada «Sevilya» o‘yin nazoratini qo‘lga olib, to‘psiz o‘ynaganida ham bo‘sh zonalarimizdan foydalanishga urindi.
Raqib darvozasi oldida qanday qilib xavf yaratishni bilmadik. Chunki «Sevilya» himoya qo‘rg‘onidagi zichlikni yorib o‘tish juda qiyin bo‘ldi. 
Imkoniyatlarimiz hali ham oldingidek deya olmasam-da, ta’qibchimiz «Real» hali bu turda g‘alaba qozongani yo‘q. «Sosedad»ga qarshi safar uchrashuvida g‘alaba qozonish oson bo‘lmaydi», - deya Setenning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *