Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Transferda adashmang janob Zidan!

Transferda adashmang janob Zidan!

Автор: admin

Zidan va Veronika
Fransiyalik murabbiy klubga mavsumning o‘ratasida Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida kelgan edi. Uning “Real” bilan qilgan parvozi juda uzoq davom etdi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Shunday bo‘lsada, kutilmaganda Florentina Peresdan uzoqlashishga qaror qildi va klubni tark etdi. Aslida, Zizu reja bo‘yicha “Yuventus”ni qabul qilib olishi lozim edi, biroq uning turmush o‘rtog‘i Madriddan ko‘chib ketishni istamadi va Peres bilan shaxsan o‘zi muzokaralar olib bordi. Oqibatda Zidan ortga qaytdi. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Veronika Peres bilan muzokaralar chog‘ida Zayniddinning transfer siyosatini o‘z qo‘liga olishini talab qilgan ekan. “Marca”ning ma’lum qilishicha, Zidan “Yuventus”da ishlashni juda istagan, biroq Veronika bunga qat’iyan qarshi chiqqan. U oilasini va farzandlarining Turinga ko‘chib o‘tishini istamagan. Yakunda, Veronikaning tanlovi g‘olib chiqdi va Zidan yana “Real”ga qaytdi.

Fransiyalik murabbiy qisqa tanaffusdan so‘ng, jamoaga qaytganida asosiy tarkib deyarli o‘sha-o‘sha edi. Jamoada bir nechta yangi futbolchilar bo‘lishiga qaramay, Zizu o‘zining ilk uchrashuvida yana o‘sha yigitlarga (Karvaxal, Ramos, Marselo, Kroos, Modrich, Isko, Beyl va Benzema)  ishonch bildirdi. Faqat Navas va Ronaldugina asosiy jamoada yo‘q edi holos.

Ketganlarning o‘rni to‘ldimi?

Zidan bir qarashda kuchli murabbiydek ko‘rinadi, biroq unda omadli transferlarni amalga oshirish borasida umuman tajriba yo‘q. Sababi, klub u qaytgach 30 milliondan qimmat bo‘lgan 6 ta futbolchini sotib oldi. Afsuski, ularning birortasini omadli deb bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Kurtua tarkibdan o‘rin oldi, biroq u o‘zining pik formasida Madridga ko‘chib o‘tdi. 45 millionlik Rodrigoning mevasini kamida 5 yildan so‘ng olish mumkin. Vinisius top darajda emas.  U ham sinovdan o‘tganicha yo‘q. Yovich, Militao umuman ishonchni oqlamgani fakt. Mendi asosiy tarkibda, biroq bu Marseloning yoshi o‘tib qolgani uchungina sodir bo‘ldi. U braziliyalikning 3 yil avvalgi jismoniy va tehnik yetukligini namoyish etmayapti. Shunchaki, jismonan kuchli va tartibli fulbek. Bo‘ldi. Ortiqcha hech qanday tryuklar yo‘q. Eden Azar borasida ham Peres qabul qilgan qaror asosida shartnoma imzolandi. Transferlar amalga oshirilgan bo‘lsada, klub yanada kuchli bo‘lishga muxtoj bo‘lib qolmoqda. Bos ustiga, tez orada Serhio Ramosning o‘rnini bosishga qodir futbolchi topish lozim. Qo‘shimchasiga, Benzemaga ham yordamchi kerak. U Ronaldusiz juda qiynalmoqda. Beyl golf musobaqalarida ko‘rinish bermoqda. Yovich juda tartibsiz. Eden allaqachon surunkali jarohat oluvchi futbolchilar qatorida.

Zidan shunchaki “avtoritet”?!
Katta ehtimol bilan yozda transfer siyosatini amalga oshirish borasidagi huquq Zayniddin Zidanga topshiriladi va u bu pullarni havoga uchirib yuboradi. Juda xunuk eshitilishi mumkin, biroq Zidan “Real Madrid”ni to‘liq tayyor va jangovar holatda qo‘liga olgan va futbolchilar bilan ilq munosabat o‘rnatish orqali ularni katta sovrinlar sari boshlab borgan. U jamoaga kelganida, Toni Kroos (JCH g‘olibi) ajoyib formada edi. Modrich va Kazemirolar o‘zining pik formasiga chiqqan bo‘lsa, markazdagi Ramos va Varanlar sayyoramizning eng kuchli himoychilarga ayolanib bo‘lgan edi. Soddaroq qilib aytganda, Joze va Karlo Anchelottidan qolgan tarkib to‘liq shakillangan va g‘alabalar sari shay holatda edi. To‘g‘ri, Zizu fantastik murabbiy bo‘lishi mumkin, biroq u  ajoyib transferlarni amalga oshirish borasida hali tajribasiz. Achinarlisi shundaki, kelasi mavsum ko‘p o‘tmay start oladi. Shu sababli, jamoa futbolchilar to‘liq tiklanmagan holda katta yuklamalar bilan bir nechta frontda kurash olib borishga majbur. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun mavsumlar oralig‘ida aql va tadbir bilan transferlarni amalga oshirishdan boshqa chora yo‘q. Boz ustiga, klub futbolchilarning katta qismi Yevropa chempionatida ham to‘p tepishi lozim. Bu kun tartibidagi masalaga yanada jiddiy yondashishni talab etadi. Yovich va Beyl jamoaning kelajakdagi hujum chizig‘ini belgilab berishga qodir emas. Ular uzog‘i bilan yana bir mavsum ish berishi mumkin. Markazda ham hademay yo‘qotishlar ko‘zga tashlanadi. 2018-yildagi dunyoning eng kuchli futbolchisi – Luka Modrich kuzda 35 yoshni “urib qo‘yadi. Toni professional futbolchi, biroq undagi professionallik ham buyog‘iga katta g‘alabalar uchun kamlik qilishni boshlaydi. Kazemiro esa, katta yuklamalar bilan deyarli 2 mavsum to‘xtamay to‘p surishga qodir emas. Federiko Valverde borasida ilq so‘zlar aytishimiz mumkin, biroq u klassik hujum buzuvchi holos. U keskir paslar, dribling orqali bo‘sh zonalar yaratishda baribir oqsamoqda. Undagi tajribasizlik ham katta uchrashuvlarda o‘z so‘zini aytib qo‘yishi hech gap emas.

Zidan kimlarga “ko‘z tikkan”? Aslida jamoaga kim kerak?

Bejizga murabbiy Madridga Pol Pogbani olib kelishni Peresdan iltimos qilmagan ko‘rinadi. Shunday bo‘lsada, katta ehtimol bilan Pogba ham omadsiz transferlardan biri sifatida tarixda qolishi mumkin edi. Buni keyinroq klub anglab yetdi shekilli, Pogbadan voz kechdi. Keyinroq Brain Ruis variant ustida transfer muzokaralari olib borildi. To‘g‘ri, Ruisning iqtidoriga hech kimda shubha yo‘q, biroq bir paytlar Ilyarramendi ham Ruis singari shov-shuv ko‘targan, biroq yakunda omadsiz transferlar qatoridan munosib o‘rnini egallagan edi. Boshqacharoq qilib aytganda, “Real”da ispan futbolchilari to‘p surishi biroz mushkulroq.  Ngolo Kante virusdan qo‘rqib qolgani bois, sira pandemiyadan ruhan chiqib keta olmayapti. Uning bu holati atrofdagi jamoadoshlarining ham jangovar ruhiga ta’sir o‘tkazayotgani bor gap. Shuningdek Saul borasida ham turli mish-mishlar urchidi. To‘g‘ri, Madrid jamoasi yarim himoyachisi chinakam unvirsal, biroq uning narxi juda baland. Boz ustiga, Simione o‘z jangchisini asosiy raqib qarorgohiga qarab yo‘l olishiga tish tirnog‘I bilan qarshi bo‘ladi.

“Real” klubida pul bilan muammo yo‘q, lekin munosib variantlar ham ko‘zga tashlanmayapti. Shunday bo‘lsada, faqat birgina futbolchi jamoaning maydon markazidagi bo‘shliqni mukammal to‘ldirishga qodir. U ham bo‘lsa, “Manchester Siti” yetakchisi Kevin De Bryuyne. Belgiyalik futbolchi YECHL doirasidagi Madridda bo‘lib o‘tgan o‘yinda asl klassini barchaga yana bir bor namoyish etgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Agarda, “Siti” UEFA bilan davom etayotgan sud jarayonini boy bersa, Kevinni qo‘yib yuborishdan boshqa chora topa olmaydi. De Bryuynening o‘zi ham motivatsiyaga to‘la. U o‘z iqtidorini top klubda sinab ko‘rish va orzusi – YECHL oltin medallarini qo‘lga kiritish uchun barchasiga tayyor. Agar Zidan yarim himoyachi harid qilmoqchi bo‘lsa, “Siti” futbolchisidan idialroq variant topa olmasligi turgan gap. Kevin chinakam professional yarim himoyachi. Uni qanotlarda ham, markazning turli nuqtalarda ham ishonch bilan to‘p surishiga ko‘nikib qolganmiz. Shiddadli APL bahslarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan futbolchi super klub safida yanada erkinro “ijod” qilishi mumkin. Bu esa, uning maydondagi effektini ikki hissa oshishiga sabab bo‘ladi.  
Katta kalibrli futbolchi zarur!

E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, “Real”ning La Liga uchrashuvlarida asosan bitta tarkib to‘p tepmoqda. Klubning 10 ta futbolchisi allaqachon 1100 daqiqa maydonda bo‘ldi. Bu bir nechta frontda kurash olib borishi lozim bo‘gan jamoa uchun juda katta yuklama. Boz ustiga, jamoaning suyagi 30 yoshdan katta bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan vaziyatda. Aslida, “qirollik klubi”da birdaniga jamoaga kirishib ketish juda mushkul. O‘sha Modrich ham o‘zining birinchi mavsumida yilning eng omadsiz transferi deb e’lon qilinganini ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa kerak. Kazemiro ham ikkita urunishda asosiy tarkibdan joy olgan. Pogba kelsa, unga ham kamida bir mavsum kerak bo‘ladi. Kevin esa, ulardan mustasno. Uning yetakchilik qobilayati va yuqori intelekti tezda jamoaning bir bo‘lagiga aylanishi uchun ko‘mak beradi. Bizning nazlimizda, aynan Kevin “Real Madrid”ni kuchaytirishga qodir yagona futbolchi.
227   
Добавить комментарий
Ваше имя: *