Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Arsenal” O‘zilning har bir goli uchun 15,75 mln, golli uzatmasi uchun esa 5,25 mln funt to‘lamoqda

“Arsenal” O‘zilning har bir goli uchun 15,75 mln, golli uzatmasi uchun esa 5,25 mln funt to‘lamoqda

Автор: admin

2019/20-yilgi mavsumda 31 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazdi va umumiy miqdorda 1812 daqiqa harakat qildi. Bu vaqtda u bitta gol urdi va uchta golli uzatmaga muallif bo‘lgan. O‘zil umumiy miqdorda 1051 uzatma (o‘rtacha har bir o‘yinda 45,7 ta) va 20 ta “podkat” (o‘rtacha 1,15) amalga oshirgan.
O‘zilning “Arsenal”dagi maoshi haftasiga 350 ming funtni tashkil qiladi. Bahorda futbolchi qolgan sheriklaridan farqli ravishda koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab maoshining kamayishiga rozi bo‘lmagandi.
Germaniyalik futbolchi yiliga 15,75 million funt maosh oladi. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, “Arsenal” Mesutning goli uchun 15,75 million yoki har bir golli uzatmasi uchun 5,25 million funt to‘lamoqda. Futbolchining har bir uzatmasi londonliklarga 15 ming funtga tushmoqda, “podkat” uchun esa — 790 ming. Ta’kidlash joiz, O‘zilning Premyer Ligadagi 17 “podkat”idan (qolgan uchtasini O‘zil boshqa musobaqalarda qayd etgan) 14 tasi qoida buzilishi bilan yakunlangan. Shuningdek, O‘zil maydonda harakat qilgan har bir daqiqasi uchun 8,7 ming funt olmoqda.
O‘zilning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *