Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Jerar Pike: «Endi chempionlik kurashida taqdirimiz o‘z qo‘limizda emas»

Jerar Pike: «Endi chempionlik kurashida taqdirimiz o‘z qo‘limizda emas»

Автор: admin

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike La Liga 30-turi doirasidagi «Sevilya»ga qarshi durang natijadan keyin Kataloniya klubi chempionlik uchun kurashda o‘z imkoniyatlarini pasaytirganligini aytdi.
«Bu natija holatimizni qiyinlashtiradi. Endi chempionlik uchun kurashda taqdirimiz o‘z qo‘limizda emas. Fikrimcha, chempionatni 1-o‘rinda yakunlash qiyin bo‘ladi. Orqaga yo‘l yo‘q, keyingi bahslarda bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. «Real» ham hali katta ehtimol bilan ochko yo‘qotsa kerak. Imkoniyat oxirigacha bo‘ladi» - deya Pikening so‘zlarini keltirmoqda Marca. 
Ma’lumot uchun, La Liga 30-turidan keyin «Barselona» 65 ochko bilan 1-o‘rinda bo‘lsa-da, «Real» zaxirasida bitta o‘yin bo‘lib ochkolari soni 62tani tashkil etmoqda. Madrid jamoasi yakshanba kuni «Real Sosedad» mehmoni bo‘ladi. G‘alaba «Real»ni 1-o‘ringa olib chiqishi mumkin.


107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *