Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Lester» 90-daqiqada gol urib, 90+3-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

APL. «Lester» 90-daqiqada gol urib, 90+3-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasida «Uotford» o‘z maydonida «Lester» bilan durang natija qayd etdi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida Chiluell hisobni ochib, «Lester»ga g‘alaba keltirishga yaqin kelgandi. Biroq 90+3-daqiqada Douson gol urib, jamoalarning durang qayd etishlarini ta’minladi – 1:1.
Ushbu durangdan keyin «Lester» 54 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Uotford» 28 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi. 
 
APL. 30-tur. 20 iyun
Uotford – Lester 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 0:1 – 90 Chiluell, 1:1 – 90+3 Douson.
Uotford – Foster, Kabasele, Femeniya (Mariappa, 77), Douson, Mazina (Xolebas, 88), Dukure (Kleverli, 77), Kapu (Chaloba, 77), Pereyra (Uelbek, 69), Xyuz, Sarr, Dini.
Lester – Shmeyxel, Seyundjyu, Chiluell, Evans, Jastin, Ndidi, Meddison, Olbrayton (Ixeanacho, 83), Barns (Grey, 65), Tilemans (Chouduri, 76), Vardi.


160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *