Goal24.uz » Yevropa jamoalari » “Energetik-BGU” Minsk derbisida g‘alaba qozona olmadi

“Energetik-BGU” Minsk derbisida g‘alaba qozona olmadi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 14-turida “Energetik-BGU” 20-iyun, shanba kuni “Dinamo Minsk” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi va har ikki jamoada darvozani ishg‘ol qilish uchun bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq o‘yin nursiz durang bilan yakun topdi.
Mazkur bahsda Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 72-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa “talabalar”ning g‘alabasiz seriyasi to‘rt o‘yinga yetdi. “Energetik” 23 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. “Dinamo” (20) esa keyingi pog‘onadan joy olgan.
Belarus Oliy Ligasi
14-tur bahsi
20-iyun, shanba

“Dinamo Minsk” — “Energetik-BGU” 0:0

“Dinamo Minsk”: Shapko, Suxotskiy, Goropevshek (Dinga, 62), Bruchich, Rios, Shvetsov, Klimovich, Kozlov, Baxar, Olexnovich, Shikavka.
“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Svirepa, Miroshnikov, Yudchits (Girs, 54), Mavatu, Umarov (Sovpel, 72), Tve, Nosko, Bakich (Atemeng, 70), Yaxshiboyev, Shkurdyuk.
Ogohlantirishlar: Yudchits (52), Shikavka (55), Bakich (55), Shkurdyuk (88), Sadovskiy (88), Dinga (90).
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *