Goal24.uz » Jahon » Argentinalik futbolchi: «Barselona» bilan o‘yinda Ronaldinoni oyog‘ini sindirish uchun pul taklif qilishgandi»

Argentinalik futbolchi: «Barselona» bilan o‘yinda Ronaldinoni oyog‘ini sindirish uchun pul taklif qilishgandi»

Автор: admin

«Selta» sobiq himoyachisi Fernando Kaseres bir necha yil avval «Barselona»ga qarshi o‘yinda Ronaldinoga jarohat yetkazish uchun unga pul taklif qilinganligini oshkor qildi.

«O‘shanda Ronaldino Kataloniyada ajoyib o‘yinlar namoyish etayotgan edi. Biz Vigoda «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdik. Ronaldino birinchi marotiba meni aldab o‘tayotganida, orqadan oyog‘iga urib yiqitdim. O‘rnida turayotganida yordam berib, unga «seni oyog‘ingni sindirish uchun 3 ming yevro taklif qilishdi», deb ochig‘ini aytdim. U esa menga qarata «Agar meni to‘xtata olsang, bemalol» deya javob berdi. To‘g‘risi, dastlabki urinishdan keyin o‘zim ham qo‘rqqandim, shu bois boshqa jarohat yetkazishga urinmadim. Shunga qaramay u maydonda jahl bilan to‘p surib, ajoyib o‘yini bilan katta taassurot qoldirgandi», - deya Kaseresning so‘zlarini keltirmoqda Soccer Laduma.
Ma’lumot uchun, argentinalik himoyachi Fernando Kaseres faoliyati davomida «River Pleyt», «Saragosa», «Boka Xuniors», «Valensiya», «Selta» klublarida to‘p surib, 2007 yilda 38 yoshida butsasini mixga ilgan.


101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *