Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Milan» 3 o‘yindan iborat g‘alabasiz va golsiz seriyasiga chek qo‘ydi

A Seriya. «Milan» 3 o‘yindan iborat g‘alabasiz va golsiz seriyasiga chek qo‘ydi

Автор: admin

Italiya A Seriyasining 19-turida «Milan» safarda «Kalyari» mehmoni bo‘lib, Leau va Ibrahimovichning gollari evaziga g‘alaba qozondi. 
Shu tariqa «Milan» 3 o‘yindan iborat g‘alabasiz va golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi hamda ochkolarini 25taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Kalyari» esa 29 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya, 19-tur
Kalyari – Milan 0:2
11 yanvar, «Sardenya»

Gollar: Leau (46), Ibrahimovich (64).
Kalyari: Olsen, Pellegrini, Klavan, Pizakane, Farago, Nainggolan, Nandes (Ionitse, 76), Chigarini, Rog (Kastro, 76), Joao Pedro, Simeone (Cherri, 69). 
Milan: Donnarumma, Teo, Musakko, Kalabriya (Konti, 73), Romanoli, Bennaser, Kessie, Kastilexo, Cholxono‘g‘li (Bonaventura, 64), Leau (Rebich, 90), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Chigarini (26), Nandes (39), Pellegrini (60), Bennaser (61).


138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *