Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Everton" Koutinyo uchun kurashda favoritmi?

"Everton" Koutinyo uchun kurashda favoritmi?

Автор: admin

The Transfer Window nashrining xabar berishicha, "Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutinyo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Braziliyalik pleymeyker uchun asosiy da’vogar — "Everton".
Manbada aytilishicha, "Barselona" rahbariyati Koutinyoga yangi klub topishga jiddiy kirishgan. Futbolchining xizmati "Everton"ga taklif qilinmoqda, ya’ni London klubi Filippeni bir mavsumga ijraga olishi mumkin. Agar bu amalga oshsa. Kataloniya klubi Koutinyoning maoshining uchdan bir qismini to‘lashda davom etishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Koutinyoni "Manchester Siti", "Chelsi", "Tottenxem" va "Arsenal" bilan bog‘lagan edi.
Manba: readfootball.com

112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *