Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Karantindagi Shomurodov qachon maydonga qaytishi aniq bo‘ldi

Karantindagi Shomurodov qachon maydonga qaytishi aniq bo‘ldi

Автор: admin

“Rostov” futbolchilarida koronavirus aniqlangani bois asosiy tarkib karantinga olingan edi.
“Sport ekspress” nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Rostov”ning asosiy futbolchilari 27 iyunga belgilangan 24-tur uchrashuvida maydonga tushadi.
Manbada keltirilishicha, ikki haftalik karantin koronavirus aniqlangan ilk kundan boshlab hisoblanadi. “Rostov” holatida virusni tarqalishiga sababchi bo‘lgan Xoren Bayramyanda koronavirus 13 iyun kuni topilgan. Shu bois 27 iyun kuni “Rostov” futbolchilari karantinni tugatgan bo‘ladi.
Demak, “Rostov” 27 iyun kuni “Arsenal”ga qarshi asosiy tarkibni o‘ynatishi mumkin. Faqat jamoada umumiy mashulot o‘tkazish uchun etarli vaqt bo‘lmaydi.
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *