Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » De Yong safdan chiqdi

De Yong safdan chiqdi

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong to‘piq qismidan jarohat olgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.
Ayni vaqtda u qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum qilinmadi. De Yong 19 iyun kuni Primeraning 30-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi kechgan o‘yinda (0:0) ishtirok etmagandi.
Joriy mavsumda de Yong barcha turnirlar doirasida jami 38 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 2 golga uzatma berdi.
Ayni vaqtda «Barselona» 30 turda 65 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda 62 ochkoga ega «Real» bormoqda.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *