Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Metallurg» Andijondan g‘alaba bilan qaytdi

Superliga. «Metallurg» Andijondan g‘alaba bilan qaytdi

Автор: admin

Superliga 5-turi doirasida Viktor Kumikov qo‘l ostidagi «Andijon» jamoasi o‘z maydonida Andrey Shipilov boshqaruvidagi «Metallurg»ni qabul qildi.
O‘yinning 36 va 45-daqiqalarida Stanislav Andreyev tomonidan kiritilgan gollar «Metallurg»ga safardagi ketma-ket ikkinchi g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Bekobod klubi 10 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Andijon» 2 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.
Superliga. 5-tur
21 iyun, yakshanba
«Andijon» – «Metallurg» - 0:2

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, G‘ayrat Jo‘rayev
Gollar: Stanislav Andreyev 36, 45 pen.
«Andijon»: 1.Aslonbek Ahrorov, 3.Azamat Isroilov (9.Emmanuel Arivchukvu, 46), 4.Farhod Mirahmatov, 5.Xushnudbek Avilov (77.Jahongir Abdumo‘minov, 73), 7.Jamshid Hasanov, 8.Farhodbek Bekmurodov, 11.Siroj Meliyev (14.Mishel Ibe, 46), 17.Abdullo Olimov (70. Nodir Mavlonov, 69), 22.Usmonali Ismonaliyev, 23.Timur Usmonov (10.Artyom Litvyakov, 46), 88.Dmitro Zozulya.
«Metallurg»: 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 7.Doniyor Narzullayev (Murod Bobojonov, 90), 8.Salamat Quttiboyev (20.Hudoyshukur Sattorov, 64), 10.Shahzod Ubaydullayev (15.Zohid Abdullayev, 64), 21.Kamoliddin Tojiyev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (14.Abror Toshqo‘ziyev, 64), 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 28.Stanislav Andreyev, 55.Akbar Ismatullayev, 88.Yevgeniy Chumak.


146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *