Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Oxirgi muddat iyun: "Barselona" Pyanichni sotib oladimi?

Oxirgi muddat iyun: "Barselona" Pyanichni sotib oladimi?

Автор: admin

"Barselona" iyun oxiriga qadar "Yuventus" futbolchisi Miralem Pyanich masalasini hal qilishi kerak. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, yarim himoyachi yozda Kataloniya jamoasining asosiy maqsadlaridan biri, futbolchining o‘zi ham "Barsa"ga o‘tishni xohlamoqda. Biroq, qayd etilishicha, "Yuventus" talab qilgan narx juda yuqori.

Ikkala tomon ham futbolchi almashish borasida kelisha olishmadi, chunki "Barsa" futbolchisi Artur Italiyaga o‘tishni istamayapti.
"Barselona" iyun oyi oxiriga qadar Pyanich transferini amalga oshirishga harakat qiladi.
Manba: soccer.ru

138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *