Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. «Real» San-Sebastyanda g‘alaba qozonib, yetakchiga aylandi

La Liga. «Real» San-Sebastyanda g‘alaba qozonib, yetakchiga aylandi

Автор: admin

La Liga 30-turining markaziy o‘yinlaridan biri San-Sebastyanda yakunlandi. «Real Sosedad» mehmoni bo‘lgan «Real» Madrid 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Serxio Ramos va Karim Benzemaning gollariga o‘yin yakunida Mikel Merino birgina gol bilan javob qaytardi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Real»ning ochkolari soni 65taga yetdi va Zidan jamoasi o‘zaro o‘yindagi ustunlik sabab «Barselona»ni ortda qoldirib chempionat yetakchisiga aylandi.
La Liga. 30-tur
Real Sosedad – Real Madrid 1:2
Gollar: Merino (83) – Ramos (50, penalti), Benzema (70).
Real Sosedad: Remiro, Lorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modrich, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).
Ogohlantirishlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lorente (48).


136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *