Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Inter» «Sampdoriya»ni yengib, yetakchilarga yaqinlashdi (turnir jadvali)

A Seriya. «Inter» «Sampdoriya»ni yengib, yetakchilarga yaqinlashdi (turnir jadvali)

Автор: admin

Italiya A Seriyasida 25-turning qoldirilgan o‘yini o‘tkazildi. O‘z maydonida «Sampdoriya»ni qabul qilgan «Inter» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Milanliklar safida Romelu Lukaku va Lautaro Martineslar gol urishdi. Bu g‘alabadan so‘ng «Inter» ochkolari sonini 57taga yetkazib yetakchilar «Latsio» va «Yuventus»ga yaqinlashib oldi.
Turnir jadvalini 63 ochko to‘plagan «Yuventus» boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Latsio»da 62 ochko bor. 25-turning yana bir o‘yinida «Sassuolo»ni yenggan «Atalanta» 51 ochko bilan kuchli to‘rtlikni yakunlagan.
Italiya chempionati
25-turning qoldirilgan o‘yinlari
Inter – Sampdoriya 2:1

Gollar: Lukaku (10), Martines (33) – Torsbyu (52).
Inter: Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Yang (Biragi, 73), Galyardini, Barella, Kandreva (Mozes, 73), Eriksen (Valero, 78), Martines (Sanches, 83), Lukaku.
Sampdoriya: Audero, Bereshinski, Murru, Kolli, Yosida, Linetti (Ronaldu Viyeyra, 81), Bertolachchi (Askildsen, 82), Torsbyu, Ramires (Depaoli, 69), Yankto (Leris, 69), la Gumina (Bonatssoli, 76).
Ogohlantirishlar: Bertolachchi (22), Martines (48), Torsbyu (64), Valero (86), Galyardini (90), Ronaldu Viyeyra (90).
Atalanta – Sassuolo 4:1
Gollar: Gimshiti (16), Sapata (31, 66), Burabiya (37, avtogol) – Burabiya (90).
Atalanta: Gollini, Gimshiti (Toloi, 86), Kaldara, Palomino, Xatebur, de Ron, Pashalich, Froyler (Malinovskiy, 69), Gosens (Kastan, 69), Gomes (Kolli, 88), Sapata (Muriel, 69).
Sassuolo: Konsili, Tolyan (Myuldyur, 46), Marlon (Manyani, 69), Peluzo, Kiryakopulos, Burabiya, Lokatelli (Obiang, 77), Berardi (Djurichich, 61), Defrel, Boga (Garaslin, 60), Kaputo.
Ogohlantirishlar: Tolyan (9), Pashalich (40), Peluzo (45), Marlon (65), Gimshiti (75), Muriel (82), Toloi (90).



619   
Добавить комментарий
Ваше имя: *