Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: Pyanich 30 iyungacha «Barselona»ga o‘tadi

Manba: Pyanich 30 iyungacha «Barselona»ga o‘tadi

Автор: admin

«Yuventus»ning bosniyalik futbolchisi Miralem Pyanich faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bergan.
Manbada aytilishicha, «Barselona» va «Yuventus» Pyanich hamda Arturni almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ammo xabarda bu «rokirovka» uchun klublardan birortasi qo‘shimcha pul to‘lash-to‘lamasligi haqida hech narsa deyilmagan.
Xabarda yozilishicha, braziliyalik Artur Melo dastavval «Barselona»ni tark etishni xohlamagan, ammo oxirgi kunlarda fikrini o‘zgartirgan. Trasnfer 30 iyungacha amalga oshishi va Pyanich «Barselona» bilan kelishib olgani ham ma’lum qilingan.
30 yoshli Pyanich joriy mavsumda 34ta o‘yinda qatnashib 3ta gol va 2ta uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, Artur hisobida 26 o‘yinda 4ta gol va 5ta golli uzatma bor.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *