Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Tottenxem" kelishuvga erishdi

"Tottenxem" kelishuvga erishdi

Автор: admin

U qolmoqchi.
"Tottenxem" himoyachi Yan Vertongen bilan shartnomani qisqa muddatga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Klub rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi joriy mavsum so‘nggigacha jamoada qoladigan bo‘ldi. Shuningdek, londonliklar darvozaboni Mixel Vorm ham "shporlar" safida mavsumni yakunlab qo‘yadi.
Ikkala futbolchining shartnomasi 30 iyunda yakunlanishi kerak edi. Oldinroq, Vertongen "shporlar" rahbariyati bilan maosh masalasida kelisha olmaganligi ortidan yozda erkin agent sifatida klubni tark etish ehtimoli haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda Vertongen "Tottenxem" safida 26 ta o‘yinda 2 gol va 1 golli uzatma bergan.





120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *