Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Serxio Ramos jarohat oldi

Serxio Ramos jarohat oldi

Автор: admin

“Real” himoyachisi Serxio Ramos “Real Sosyedad”ga qarshi kechgan bahsda tizzasini jarohatlab olgan. Bu haqda madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan ma’lum qildi.
“Uning tizzasida kuchli og‘riq bor, ammo biz buning jiddiy emasligiga umid qilamiz”, — deydi Zidan.
Ramos jarohat sabab uchrashuvning 60-daqiqasida maydonni tark etgandi. Marca nashrining xabar qilishicha, futbolchining jarohati jiddiy emas va u tez orada safga qaytadi.
Avvalroq Serxio Ramosning “Real Sosyedad” qarshi kechgan bahsda Madrid klubining birinchi goliga mualliflik qilib, Ispaniya chempionati himoyachilari orasida 68 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarga aylanib olgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsumda La Liganing 28 ta o‘yinida maydonga tushib, 7 ta golga mualliflik qilgan.
200   
Добавить комментарий
Ваше имя: *