Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Siti” tayyor
 
Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘z hujumchisi Gabriyel Jezuz borasidagi istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.
Sports.es nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” o‘z hujumchisini 60 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Jezuz bilan Milanning “Inter” klubi jiddiy qiziqib qolgan bo‘lib, klub Lautaroning o‘rnini aynan “Manchester Siti” futbolchisi bilan to‘ldirqmochi.
“Arsenal” kipper izlamoqda
 
Londonning “Arsenal” jamoasiga zudlik bilan darvozabon kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaning asosiy darvozaboni Bert Leno jarohat oritib olgani bois, uzoq muddatga safdan chiqqan.
“Daily Exspress” nashrining ma’lum qilishicha, klub bosh murabbiyi Mikel Arteta Jo Xart bilan shartnoma imzolashni rahbariyatga taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xartning “Bernli” bilan tuzgan shartnomasi 30 iyun sanasida o‘z kuchini yo‘qotadi.
Dembelega “Liverpul” yaqinlashmoqda
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Usman Dembele uchun kurashda “Liverpul” tobora raqiblarini ortda qoldirib bormoqda.
“Mundo Deportivo”ning ma’lum qilishicha, “Barselona” o‘z futbolchisini 50-60 million atrofidagi summa evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Manbada yozilishicha, jamoa yozda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Shakirining o‘rnini aynan Dembele bilan to‘ldirmoqchi.
Lempardga futbolchilar kerak!
 
Angliyaning “Chelsi” klubi ustozi Frenk Lempard jamoadagi og‘riqli nuqtalarni samarali transfer kompaniyasi orqali to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
Murabbiyning aytishicha, Ziyesh va Vernerning transferi muammolarga to‘liq yechim bo‘la olmaydi. Klub to‘liq kuch bilan ishga tushishi uchun kamida yana 5 ta futbolchini sotib olishi kerak.
Daily Mailnashrining ma’lum qilishicha, Frenk allaqachon o‘z rejalariga kiritilgan futbolchilar ro‘yxatini klub sport direktoriga topshirgan va tez orada transfer muzokaralari boshlanadi.
"Siti” o‘z uslubida
 
Angliyaning “Manchester Siti” klubi radariga Portugaliyaning “Benfika” klubi himoyachisi Ruben Diash tushib qoldi.
Bu haqida “EveningStandard” nashri ma’lum qilgan. Manbada yozilishicha, 23 yoshli futbolchining transferi bilan shaxsan Pep Gvardiola qiziqib qolgan va u Ruben yozda klubni tark etishi kutilayotgan Otamendi va Stounzlarning o‘rnini bosishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “burgutlar” o‘z himoyachisini 90 milliondan kamiga sotmoqchi emas.

150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *