Goal24.uz » Jahon » «Oltin to‘p»-2020. Da’vogarlarning yangi reytingi: Ronaldu top-3ni tark etdi

«Oltin to‘p»-2020. Da’vogarlarning yangi reytingi: Ronaldu top-3ni tark etdi

Автор: admin


"Goal" nashri ekspertlari joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga da’vogarlik qilishi mumkin futbolchilarning yangi reytingini tuzib chiqishdi.

Reytingning yuqori pog‘onasini bu safar ham «Bavariya» forvardi Robert Levandovski hech kimga bermadi. Bir hafta avvalgi ro‘yxatda 4-o‘rinni egallagan Kevin De Breyne ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Natijada Sovrinning 6 karra sohibi Lionel Messi 3-o‘ringa tushgan bo‘lsa, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikni tark etdi.[banner_texturta]{banner_texturta} [/banner_texturta]
Avvalgi reytingda top-20ga kirmagan "Real" hujumchisi Karim Benzema bu safar 8-o‘ringa joylashtirildi. Fransiyalik futbolchi "Valensiya" va "Real Sosyedad"ga qarshi muhim o‘yinlarda 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga da’vogar 15 futbolchi:

1. Robert Levandovski («Bavariya», avvalgi reyting — 1)
2. Kevin De Breyne («Manchester Siti», 4).
3. Lionel Messi («Barselona», 2).
4. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 3).
5. Tomas Myuller («Bavariya», 5).
6. Neymar («PSJ», 6).
7. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, 7).
8. Karim Benzema («Real», reytingga ilk marta kirdi).
9. Kilian Mbappe («PSJ»).
10. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, 8).
11. Kay Xavers ("Bayer", 14).
12. Serj Gnabri («Bavariya», 10).
13. Yosip Ilichich ("Atalanta", 12).
14. Timo Verner ("Leypsig", 11).
15. Bruno Fernandesh ("Manchester Yunayted", 17).
Manba: goal.com

2 757   

Комментарии
(3)

  1. Asadbek 8 октября 2021 20:23
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
  2. Bobur 17 октября 2021 10:43
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Ronaldo asosiy nomzod u oltin topga loyiq bir nechta rekordlar qayd etdi. U oltin top sohibi bolishi shart
  3. Бобожон 25 ноября 2021 13:06
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Месси класссс
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Jahon chempionati 2022 Millatlar ligasi UEFA Dunyo futboli yangiliklari futbol yangiliklari yangilik futboli bugungu futbol bugungi transferlar futbol natijalari futbol tv championat asia
Uzfifa net tribuna uz sports uz oltin top 2021 oltin topni kim oladi jahon futboli yangiliklari