Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Aguero tizzasidan jarohat oldi

Aguero tizzasidan jarohat oldi

Автор: admin

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero APL 30-turi doirasidagi «Bernli»ga (5:0) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Birinchi bo‘lim yakunida raqib himoyachisi Ben Mi 32 yoshli argentinalik forvardga nisbatan qo‘pollik qilgach, Aguero jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Uchrashuvdan keyin Gvardiola hujumchining holati haqida gapirib, jarohatning qay darajada ekanligi tibbiy tekshiruvdan keyin ma’lum bo‘lishini aytib o‘tdi.
«Jarohati jiddiyga o‘xshadi. Tizzasida og‘riqni his qilmoqda. Ertaga tibbiy tekshiruvdan keyin ahvoli oydinlashadi. Har qanday holatda ham Agueroga mavsum yakuniga qadar oson bo‘lmaydi», - deydi ispaniyalik murabbiy.
Ma’lumot uchun, Aguero ushbu mavsumda APL doirasida 24 o‘yinda maydonga tushib, 16ta golga mualliflik qilgan.


140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *