Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» La Liga taqvimidan norozi: 33 va 34-turlar oralig‘ida «Real» 62 soat, «Barsa» esa 118 soat dam oladi

«Real» La Liga taqvimidan norozi: 33 va 34-turlar oralig‘ida «Real» 62 soat, «Barsa» esa 118 soat dam oladi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi La Liga taqvimi o‘yinlari vaqtidan norozi bo‘lmoqda, deya yozadi As nashri.
Manbaning xabar berishicha, Madrid klubi 33 va 34-turlar oralig‘ida jamoalarning dam olishlari bo‘yicha noto‘g‘ri taqsimot bo‘lgan, deya hisoblamoqda.
33-tur doirasida «Barselona» 30 iyun kuni soat 01:00da «Atletiko»ga qarshi maydonga tushsa, «Real» 2 iyul kuni soat 01:00da «Xetafe»ni qabul qiladi. 
34-turda esa «Real» o‘z o‘yinini «Barsa»dan oldinroq o‘tkazadi: Zidan jamoasi 5 iyul kuni soat 17:00da «Atletiko» mehmoni bo‘lsa, Seten shogirdlari 5 iyul 01:00da safarda «Vilyarreal» mehmoni bo‘lishadi. 
«Real» 33 va 34-turlar oralig‘ida jamoaning dam olishi uchun «Barselona» bilan taqqoslanganda, 56 soat kam vaqtga ega bo‘layotganidan norozi bo‘lmoqda. Turlar orasida «Real» 62 soat, «Barsa» esa 118 soat dam oladi.
Ma’lumot uchun, chempionlik uchun kurash olib borayotgan bu jamoalar hozirda bir xil – 65 ochkodan jamlagan. Faqat o‘zaro o‘yindagi natijaga ko‘ra, «Real» 1-o‘rinda bormoqda.


119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *