Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Leno «Arsenal»ga bir yil yordam bera olmasligi mumkin

Leno «Arsenal»ga bir yil yordam bera olmasligi mumkin

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasidagi «Brayton» - «Arsenal» uchrashuvida jiddiy jarohat olib, maydonni shifokorlar yordamida tark etgan londonliklar posboni Bernd Lenoning holati haqida xabar berildi.
Goal’ning yozishicha, germaniyalik darvozabon o‘ng oyoq tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Lenoning tizzasidagi xochsimon bo‘g‘imlariga shikast yetgani ma’lum bo‘ldi. Chuqur tahlillar jarohatga muolaja emas, jarrohlik amaliyoti zaruriyatini ko‘rsatsa, «Arsenal» darvozabonining tiklanishi uchun qariyb bir yil vaqt talab etilishi mumkin.
Manbaning qayd etishicha, Lenoning uzoq muddatga safdan chiqishi oydinlashsa, bosh murabbiy Mikel Arteta klubdan yozgi transfer oynasida eng avvalo darvozabon sotib olishni so‘raydi.


117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *