Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinni neytral maydonda o‘tkazmoqchi

«Real» «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinni neytral maydonda o‘tkazmoqchi

Автор: admin


Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Real» uchrashuvi Angliyadan tashqarida o‘tkazilishi mumkin.
The Athletic’ning yozishicha, Madridning «Real» klubi nimchorak final javob uchrashuvini Angliyada emas, neytral maydonda o‘tkazishga harakat qilmoqda. Ushbu o‘yinni o‘tkazish uchun Portugaliya poytaxti Lissabon asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Chorak final bahslari ham aynan shu shaharda tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, «Real»ning ushbu tashabbusi Angliyadagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq. Qolaversa, hozirgi kunda Angliyadagi qoidaga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurganlar ikki hafta davomida karantinda saqlanishi majburiy sanaladi. Bu esa Madrid klubiga qiyinchilik tug‘diradi.
Ma’lumot uchun, bu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 26 fevral kuni Madridda o‘tib, uchrashuvda «Manchester Siti» (2:1) g‘alaba qozongan edi. Javob uchrashuvi 7 avgust kuni o‘tkazilishi belgilangan.


41     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *