Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» Farg‘onada yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Neftchi»dan ajoyib kambek

O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» Farg‘onada yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Neftchi»dan ajoyib kambek

Автор: admin


23 iyun kuni O‘zbekiston kubogi saralash bosqichida Pro-liga jamoalari o‘rtasidagi 4ta o‘yin o‘tkazildi.
Bir o‘yindan iborat bahslarda «Dinamo» Farg‘onada «Istiqlol» ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi va ikkinchi saralash bosqichiga yo‘llanma oldi.
«Neftchi» esa o‘z uyida «Xorazm» bilan bahsda 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni yakunda 3:2ga aylantira oldi. Ikkinchi bo‘limda Otabek Zokirov dublga erishib, muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 89-daqiqada Dostonbek Bobojonovning goli «Neftchi»ni ikkinchi saralash bosqichiga olib chiqdi.
Toshkentda esa «Oqtepa» «Zomin» klubini qabul qilib, Ibrahim Tomiva va Farrux Sodiqovning gollari evaziga g‘alaba qozondi.
Yaypanda esa mahalliy «Turon» klubi G‘uzorning «Sho‘rtan» jamoasiga qarshi saf tortdi. O‘yinda hisobni mehmonlar ochgan bo‘lishsa-da, mezbonlar bahs yakuniga qadar muvozanatni tiklashdi. Penaltilar seriyasida esa omad Asror Aliqulov boshchiligidagi «Sho‘rtan»ga kulib boqdi.
Demak, 28 iyun, yakshanba kuni o‘tkaziladigan 1/16 finalga yo‘llanma beruvchi saralash bosqichiga «Dinamo», «Neftchi», «Oqtepa» va «Sho‘rtan» klublari chiqishdi. Bu safar «Dinamo», va «Sho‘rtan» uyida to‘p sursa, «Neftchi» va «Oqtepa» safarda o‘ynaydi.
23 iyun (seshanba)
O‘zbekiston kubogi. 1-saralash bosqichi.
«Istiqlol» - «Dinamo» - 0:3

Gollar: Nizomjon Norov 37, Muhammadqodir Rahimberganov 55, Damir Temirov 77.
«Istiqlol»: Nodir Ashurmatov, Abduholiq Qurbonov, Abbos Maxstaliyev, Umidjon Qodirov, Muhammadjon Sultonov, Doniyor To‘lashev, Rustam Abduhamidov, Ulug‘bek Xudoyberdiyev, Temur Mamatmurodov, Umar Athamzoda, Robbim Hasanov.
«Dinamo»: Shohrux Eshbo‘tayev, Komil Sharofutdinov, Hakimxon A’lamxonov, Alisher Yusupov, Avaz Agaliyev, Jasur Azimov, Muhammadqodir Rahimberganov (Temur Sharipov, 75), Damir Temirov, Nizom Norov, Shohrux Abdurahmonov (Shahboz Nuriddinov, 75), Amirjon Safarov (Azamat Allaniyozov, 46).
Chetlatish: Abduholiq Qurbonov (44).
«Neftchi» - «Xorazm» - 3:2
Hakamlar: Doston Rahmonov, Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov, Doston Mirzaraimov
Gollar: Otabek Zokirov 64, 73, Dostonbek Bobojonov 89 - Tursunmurod Hamdamov 9 penalti, Norxon Sheripov 52.
«Neftchi»: Sherzod Abduraimov, Timur Sultonov, Eldor Ergashev, Islom Karimov, Islom Toshpo‘latov, Jamshid Qobulov, Doston Toshmatov, Dilyorbek Irmatov, Idris Bikmaykin, Sanjar Zokirov, Ja’far Ismoilov.
«Xorazm»: G‘ayrat O‘dayev, Ravshanbek Sultonov, Jasur Otajonov, Timur Masharipov, Bahodir Murtozayev, Sardorbek Matmuratov, Dadaxon Yusupov, Saidjamol Davlatjonov, Mirjalol Qurbonov, Norxon Sheripov, Tursunmurod Hamdamov.
«Oqtepa» - «Zomin» - 2:0
Hakamlar: Komil Rasulov, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Gollar: Ibrahim Tomiva 76, Farrux Sodiqov 80.
«Turon» - «Sho‘rtan» - 1:1 (3:5)
Penaltilar seriyasi: 3:5

Hakamlar: Elyor Tursunov, Shohnur Yo‘ldoshev, Daler Tilloyev, Alisher To‘xtasinov
Gollar: Dilshod Xushbakov 76 penalti - Jasur Xolto‘rayev 64.


51     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *