Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» Arturning transferi borasida «Barsa» bilan kelishuvga erishdi

«Yuventus» Arturning transferi borasida «Barsa» bilan kelishuvga erishdi

Автор: admin


«Yuventus» klubi yarim himoyachi Arturning transferi borasida «Barselona» bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar futbolchi uchun 80 million yevro taklif qilishdi. «Yuventus» esa Arturning o‘ziga 5 million yevro yillik maosh taklif qilib, uni ko‘ndirishga urinmoqda (braziliyalik futbolchining «Barsa»dagi maoshi 3,2 mln yevroga teng).

«Byankoneri» bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoa o‘yinini Artur atrofida tuzishni istamoqda.

O‘z navbatida «ko‘k-anorranglilar» «Yuve» yarim himoyachisi Miralem Pyanichni qo‘lga kiritishni istamoqda. Italiyaliklar uni 70 million yevroga baholashmoqda. Shuning uchun "keksa sinyora" Artur uchun 10 million yevro miqdorida mablag‘ to‘lashga tayyor.
Manba: sports.ru

59     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *