Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Tiago Silva deyarli «Milan» bilan kelishuvga erishdi

Tiago Silva deyarli «Milan» bilan kelishuvga erishdi

Автор: admin

Milan News portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Tiago Silvaning agenti Paulo Tonyetto «Milan» klubi bilan o‘z mijozi borasida deyarli kelishuvga erishganini tasdiqladi.
«Futbolda hamma narsa ro‘y berishi mumkin, ammo, koronavirus pandemiyasi sababli, kelajakda nimalar ro‘y berishini kutish kerak.
Tiago «Milan»ni yoqtiradi, u Italiyada faoliyatining ajoyib damlarini o‘tkazgan. Uni «Milan» muxlislari yaxshi ko‘rishini juda yaxshi biladi», – dedi Tonyetto.
Eslatib o‘tamiz, Silvaning «PSJ» klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.

128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *