Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barsa” Lautaroni transfer qilolmadi. Nishonda boshqa to‘purar

“Barsa” Lautaroni transfer qilolmadi. Nishonda boshqa to‘purar

Автор: admin


Kataloniya klubi uzoq harakat qilganiga qaramay, “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni qo‘lga kirita olmaganini tan oldi.
Endi “Barselona” bor e’tiborini “Arsenal” to‘purari Per-Emerik Obameyangni olishga qaratadi. Kataloniyaliklar bu borada London klubi rahbariyati bilan muzokarani boshlagan. Gabonlik hujumchining “Arsenal” bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanishini inobatga olib, bu transfer 40-50 million evrodan oshmasligi aytilmoqda.
Obameyangning o‘zi “Arsenal” bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi va faoliyatini boshqa klubda davom ettirish maqsadini bildirdi.
69     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *