Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bundesliga yulduzi “Real”ga o‘tadi. Faqat birgina sharti bor

Bundesliga yulduzi “Real”ga o‘tadi. Faqat birgina sharti bor

Автор: admin

“Bayer” pleymeykeri Kay Xaverts o‘z jamoasiga shart qo‘ydi.
Unga ko‘ra, futbolchi yana bir mavsum Leverkuzenda qoladi. “Bayer” esa uning yangi jamoa, ya’ni “Real” bilan shu yozning o‘zida hamkorlik bo‘yicha kelishib olishiga qarshilik qilmaydi.
Bu variant “Real”ni ham qoniqtiradi. Chunki pandemiya ta’sirida kelib chiqqan iqtisodiy muammolar tufayli madridliklar yozda katta transferlarga qo‘l urolmaydi. Shuning uchun “Real” rahbariyati o‘zi kerak bo‘lgan Xoland, Mbappe kabi iste’dod egalari bilan yozda kelishuvga erishib, bir yildan keyin transferni amalga oshirishni rejalashtiryapti.
“Bayer” futbolchisini 115 million evroga baholamoqda. Agar jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, bu summani pasaytirishga va’da bergan.
147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *