Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Lester» yana ochko yo‘qotdi

APL. «Lester» yana ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 31-turi doirasida «Lester» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qilib, yana ochko yo‘qotdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida «Lester» darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini Shmeyxel qaytarib, jamoasi joniga oro kirdi.
Qolgan vaqt davomida ikki tomonda ham golli vaziyatlar vujudga kelgan bo‘lsa-da, jamoalar darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi – 0:0.
O‘tgan turda ham durang qayd etgan «Lester» 55 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Brayton» ketma-ket ikkinchi bahsda ham ochko ishlab 33 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
APL. 31-tur. 23 iyun
Lester – Brayton 0:0
Lester – Shmeyxel, Chiluell, Seyunju, Evans, Jastin, Grey (Peres, 73), Ndidi, Mendi (Tilemans, 69), Meddison, Vardi, Ixeanacho (Barns, 69).
Brayton – Rayan, Bern, Uebster (Daffi, 24), Dank, Lempti, Mak Allister (March, 58), Stivens, Muy, Bissuma (Propper, 58), Mope (Trossard, 57), Konnolli (Myurrey, 82).


136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *