Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «London derbisi»da «Tottenhem» g‘olib

APL. «London derbisi»da «Tottenhem» g‘olib

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 31-tur o‘yinlari doirasidan o‘rin olgan «Tottenhem» - «Vest Hem» uchrashuvi nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvda Joze Mourino shogirdlari Devid Moyes murabbiyligidagi jamoani mag‘lub etishdi. 64-daqiqada avtogol kiritilgan bo‘lsa, 82-daqiqada Sonning uzatmasini Keyn golga aylantirdi – 2:0.
Ushbu g‘alabadan keyin «Tottenhem» ochkolari sonini 45taga yetkazib, 8-o‘rindan 7-o‘ringa chiqib oldi. «Vest Hem» esa 27 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.
APL. 31-tur. 23 iyun
Tottenhem – Vest Hem 2:0
Gollar: 1:0 – 64, avtogol Souchek, 2:0 – 82 Keyn.
Tottenhem – Loris, Ore, Sanches, Devis, Dayer, Alli (Lamela, 59), Sissoko, Lo Chelso, Lukas Moura (Bergveyn, 72), Son Xyon Min (Uinks, 86), Keyn.
Vest Hem – Fabianski, Kressuell, Balbuena, Diop, Frederiks, Antonio, Souchek, Fornals (Lansini, 71), Rays, Bouen, Nobl (Felipe Anderson, 71).


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *