Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» Adurisga esdalik sovg‘asini topshirdi

«Barsa» Adurisga esdalik sovg‘asini topshirdi

Автор: admin

«Barselona» klubi Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan «Atletik»ga qarshi o‘yin oldidan yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlagan bilbaoliklar hujumchisi Aris Adurisga esdalik sovg‘asini topshirdi.

«19 may kuni shifokorlar menga operasiya qilish kerakligini aytishdi. Normal hayot kechirishim uchun sonimga protez qo‘yish kerak ekan. Professional sportchining taqdiri shunday. Men jamoadoshlarimga boshqa yordam bera olmayman», – deya yozgan 39 yoshli Aduris tvitter orqali o‘shanda.

Aduris 2012 yildan buyon «Atletik» sharafini himoya qilib keldi. Bu vaqt davomida u Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi va mamlakat kubogi finalchisiga aylandi.

Aris «Atletik»dan tashqari «Valensiya», «Malyorka», «Real Valyadolid», «Burgos» va «Aurreru» jamoalarida o‘ynagan.


Manba: sports.ru

108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *