Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasining karantindan keyingi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
«O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.
Ushbu bahslarga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida milliy jamoa uchun sentyabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.
Mazkur yig‘in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4 sentyabr kuni «Bunyodkor» stadionida  bo‘lib o‘tishi belgilandi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, Tojikiston milliy jamoasini 2019 yildan buyon o‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev boshqarmoqda.


195   
Добавить комментарий
Ваше имя: *